Taekvondo WT: hamyurtimizning barchasi shohsupaga koʻtarildi
Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Iordaniyada start olgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi musobaqasini muvaffaqiyatli boshladi.
Birinchi kun doirasida bahs olib borgan 3 nafar hamyurtimizning barchasi shohsupaga koʻtarildi.
Jasur Jaysunov (-74 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) kumush medalni qoʻlga kiritishgan boʻlsa, Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medali sohibasiga aylandi.
Bugun ham kattalar oʻrtasidagi bahslar davom etadi. Unda terma jamoamiz aʼzolaridan Shuhrat Salayev (-80 kg) hamda Svetlana Osipova (+73 kg) dayanga chiqishadi. Ularning musobaqadagi ilk raqiblari bilan tanishing:
-80 kg: Shuhrat Salayev – Tohir Abdulrahmon (Iroq)
+73 kg: Svetlana Osipova – Anaxita Tavakoli (Eron) / Vengze Vu (Xitoy).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring