Tadbirkorning 220 mln soʻmlik mulkini oʻzlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.P.” MCHJ sobiq hisobchisi F.M. MCHJ nomidan shartnoma tuzishga berilgan vakolatdan foydalanib, “H-P.” MCHJdan xarid qilingan 17,5 tonna metall mahsulotlarini kirim qilmasdan boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, tadbirkorning 220 mln soʻmlik mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring