Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining davlat organi sifatidagi maqomi aniqlashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning devoniga huquqiy maqom berishga qaratilgan — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining davlat organi sifatidagi maqomi aniqlashtirilmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, mazkur qonun loyihasi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devonining huquqiy maqomini qonun darajasida mustahkamlashga hamda uning davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring