Tadbirkorlar uchun katta ragʻbat va imkoniyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibidagi navbatdagi masala “Oʻzbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi boʻldi.
Mazkur qonun loyihasi bilan, tadbirkorlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan mablagʻlarning 5 foizigacha boʻlgan qismi uchun jarima qoʻllamaslik taklif qilinmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar tadbirkorlar uchun katta ragʻbat va imkoniyat boʻlib, ushbu loyihaning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. Loyihadagi ayrim normalar boʻyicha asosli savollar koʻtarildi va ularga batafsil javoblar olindi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring