Tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Zangiota tumanida yashovchi A.N. va E.Yu. oʻz uylarida tashkil qilgan issiqxonani oʻgʻirlik yoʻli bilan oʻrta bosimli gaz quvuriga rezina shlang yordamida oʻzboshimchalik bilan ulab olishib, jami 351,6 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlaganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Chust tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.B.” xususiy korxonasiga qarashli choyxona tuman gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan tarmoqdan uzilgan boʻlsada, korxona rahbari J.A. gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan qayta ulanib, 97 mln soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻirlik yoʻli bilan foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring