Tabiatning oʻzi tabib

19:03 24 May 2022 Jamiyat
1125 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan “Mehrigiyo” korxonasiga har yili minglab mahalliy va xorijlik sayyohlar tabiiy giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh neʼmatlardan bahramand boʻlish uchun tashrif buyuradi.

Yaqinda korxonaga Oʻzbekistonda ilk bor “USDA organic regulation, 7 CFR Part 205» xalqaro sertifikati berilgani bejiz emas, albatta. Bu sertifikat korxonada mahsulotlarni ekish, yetishtirish, qayta ishlash va sotish tizimi toʻliq tabiiy vositalar asosida yoʻlga qoʻyilgani hamda kimyoviy qoʻshimchalardan foydalanilmasligini anglatadi. Bunday sertifikat korxonaga oʻz mahsulotlarini AQSH, Yevropa, Osiyo va arab davlatlariga toʻliq tabiiy mahsulot sifatida eksport qilish huquqini beradi.

Ayni paytda “Mehrigiyo”da ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat va dori-darmon vositalari Rossiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bozoriga ham chiqarilmoqda.

— Hozirgi kunda korxonamizda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va ularni qayta ishlash asosida yuzdan ortiq turda shifobaxsh choy, sharbat va asalli mahsulotlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan, — deydi ish boshqaruvchi Xojiakbar Abdurazzoqov. — Papaya, zaytun, rastaropsha, kivi, lavanda kabi shifobaxsh oʻsimliklarni mahalliylashtirish va ulardan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish borasida ijobiy natijalarga erishilyapti.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер