Tabiat resurslari vazirligi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” deya qayta nomlandi

14:49 02 Iyun 2023 Siyosat
1051 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga koʻra, Tabiat resurslari vazirligi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” deya qayta nomlandi.

Bundan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni ijrosini taʼminlash, raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy ekologik monitoring mexanizmini yaratish, ekologik madaniyatni yanada oshirish, bioxilma-xillikni asrash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tartibga solish, shuningdek, daraxt, butalarni ekish va yashil hududlarni tashkil qilish hamda ularni muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy qilish orqali ekologik vaziyatni tubdan yaxshilashdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер