Suvda suzadigan mashina

14:05 05 Fevral 2019 Jamiyat
1663 0

Illyustrativ foto

Amu — Qorakoʻl kanalida suvda suzadigan mashina paydo boʻldi.

“Zemlesos” deb ataladigan bu qurilma suv havzalarini chuqurlashtirib, loy va balchiqlarni chiqarib tashlaydi. Ish sifati ham, unumdorligi ham yuqori.

Shu paytga qadar bu yumush ekskavatorlar vositasida bajarilar, ammo ular yirik suv inshootini belgilangan chuqurlikda tozalay olmas, vaqt ham, mablagʻ ham koʻp sarflanardi. Oqibatda suv taʼminotida qiyinchiliklar yuzaga kelardi.

Bizga maʼlum qilishlaricha, Buxoro viloyatiga Xitoy Xalq Respublikasi granti asosida ana shunday zamonaviy qurilmalarning beshtasi keltirilgan. Ularni ishlatish uchun zarur elektr liniyalari tortilgan.

Eʼtiborlisi, “zemlesos”larni oʻzimizning mahalliy mutaxassislar boshqarishmoqda.

Istam Ibrohimov (“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер