Surxondaryolik tadbirkor oʻz hisobidan maktab qurdi
Farhod ESONOV/ “Xalq soʻzi”. Oltinsoy tumanidan tadbirkor Jamshid Pardayev oʻz hisobidan tumandagi 48-sonli umumtaʼlim maktabining 630 oʻringa moʻljallangan binosini qurib berdi.
Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan maktabda intellektual sinfxonalar, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari, sport zali, mini-stadion hamda oshxona barpo etilgan. Xonalar soʻnggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan.
Maktab 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etdi.





Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring