Surxondaryodagi ikki maktabning barcha bitiruvchilari muddatidan oldin talaba boʻldi
Foto: «Xalq soʻzi»
Farhod ESONOV/«Xalq soʻzi». Joriy oʻquv yilida Shoʻrchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 41 nafar, Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 16 nafar 11-sinf oʻquvchilari tamomlamoqda. Ushbu maktablarning barcha bitiruvchilari muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalari (OTM) talabasi boʻldi.
Shuningdek, Jarqoʻrgʻon tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilarining 7 nafari ham muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi. Ular orasida Kanada, Italiya, AQSHning nufuzli universitetlariga kirganlar bor.
Bundan tashqari, Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatining 18 nafar bitiruvchisi ham muddatidan oldin talaba boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring