Surxondaryoda zaif eshituvchi 27 nafar bolaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan eshitish apparatlari topshirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Surxondaryoda 27 nafar zaif eshituvchi bolaga eshitish apparatlari topshirildi. Shu tariqa bolalar va ularning yaqinlari Yangi yil bayrami arafasida davlatning cheksiz mehr-eʼtiborini his qildilar.
Ular viloyatda yagona boʻlgan Shoʻrchi tumanidagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 122- sonli taʼlim muassasasining tayyorlov sinfida tahsil olishadi. Ular oʻz ismlarini bugun ilk marta aniq-tiniq eshitdilar.
Har qanday ota-ona farzandining bekam-benuqson unib-oʻsishini istaydi. Lekin hayotning turli sinovlari yoʻlingizdan chiqadi, gohida. Shoʻrchilik Margʻuba Ismoilova bilan shunaqa boʻldi: egizaklarning eshitishida nuqson borligini bilgan kuni juda qiyin ahvolga tushdi. Farzandlari uchun eshitish apparati sotib olishga koʻp marta harakat qildi. Ammo bunday noyob jihozni har qayerdan ham topib boʻlavermaydi. Topilganida, moddiy imkoniyati етмади...
— Bugun juda xursandmiz, — deydi Margʻuba Ismoilova. — Bolalarim eshitish apparatlaridan foydalanishni boshlagach, bir-birlari bilan tinimsiz gaplashishyapti. Oilamizga quvonch, koʻnglimizga xotirjamlik kirib keldi. Prezidentimizga ming rahmat!
Maʼlumot uchun: Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan 1 mlrd. 399 mln. soʻm mablagʻ evaziga 700 dona zamonaviy eshitish apparati xarid qilinib, zaif eshituvchi bolalarga topshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring