Surxondaryoda yuk mashinasi gaz quvurini urib yubordi

13:00 17 Fevral 2026 Jamiyat
329 0

Surxondaryoda yuk mashinasi gaz quvurini urib yubordi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Chilonzor” MFY Buyuk Temur koʻchasidagi gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.

Mazkur holat natijasida hududdagi 820 ta aholi va 2 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.

“Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ishlar yakunlangandan soʻng taʼminot qayta tiklanadi”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер