Surxondaryoda ehtiyojmand oilalarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatildi

18:33 21 Dekabr 2022 Jamiyat
1067 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Aholining yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning huquqiy kafolatini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Davlat kadastrlari palatasi xodimlari aloqador soha vakillaridan iborat ishchi guruh aholining yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning huquqiy kafolatini taʼminlash maqsadida “Mahallabay”, «Xonadonbay» oʻrganish ishlari oʻtkazdi. Bu jarayonda uy-joy, kuchmas mulk obyektlarining egalik huquqiga oid tahliliy maʼlumotlarga ega viloyat prokuraturasi masʼullari tomonidan ham ehtiyojmand oilalarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Taʼkidlash joiz, mulkiy hujjatga egalik qilish orqali har kim qonuniy vakolatidan foydalanish, haq-huquqini talab qilib foydali kelishuvga erishish imkoniga ega boʻladi. Qolaversa, rasmiylashtirib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yer uchastkalarida issiqxona qurish, uy-joyni kengaytirish uchun kredit yoki subsidiya olishning imkoni yoʻq. Aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan tashabbuslar natijasida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida viloyat kadastr idoralariga jami 4 minga yaqin murojaat kelib tushgan. Shundan 1490 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 2600 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Maxsus ishchi guruhlarning oʻrganishlari davomida 100 nafarga yaqin fuqaroga ularning uy-joylarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda amaliy yordam berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер