Surxondaryoda alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh qilindi

17:12 10 Aprel 2026 Jamiyat
416 0

Surxondaryo viloyatida alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir .

Unda “Q.A.” xususiy korxonasi rahbari muqaddam JKning 186-1-moddasi bilan sudlangan fuqaro A.R. “Mehnat-rohat” MFY hududidagi savdo doʻkonida umumiy bahosi 45,6 mln soʻmlik 46 turdagi 2 794 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol va 123 quti tamaki mahsulotlarini savdoga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Uzun tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham fosh qilingan.

Unga koʻra, “Z.X.” oilaviy korxonasi rahbari A.T. “Fayzova” MFY hududidagi savdo doʻkonida tegishli hujjatlari boʻlmagan 25 turdagi jami 282 dona alkogol va 31 turdagi 391 quti tamaki mahsulotlarini savdoga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер