Surxon media makonidagi yangilanish aholining axborot olish imkoniyatini kengaytirmoqda

12:34 06 Mart 2023 Jamiyat
566 0

Foto: Xalq so‘zi

Termiz shahridagi Matbuot uyida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan jurnalist-blogerlar hamda mahalliy hokimiyat organlari, viloyat tashkilotlari va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.

Ochiq va samimiy ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuvda yurtimizda jamiyatni yangilashga doir izchil islohotlar davrida AOKA hududiy boshqarmasi, axborot xizmatlari, jurnalist va blogerlarning oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish, keng aholi qatlamiga ishonchli, tezkor va xolis axborot yetkazish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Sohaga oid normativ hujjatlar, ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

AOKA direktori A. Xodjayev, shuningdek, viloyat teleradiokompaniyasi hamda va «Ishonch» teleradiokanali, «Surxon tongi» va «Zarya Surxana» gazetalari birlashgan tahririyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, ayni paytda viloyatda 37 ta gazeta, 2 ta telekanal, 1 ta radiokanal, 4 ta veb-sayt, 13 ta respublika OAVning viloyat muxbirlari, 4 ta xususiy nashriyot, 2 ta bosmaxona, 58 ta matbaa korxonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar soni 350 nafardan ziyodni tashkil etadi. Jumladan, viloyat teleradiokompaniyasi voha media makonida yirik auditoriyaga ega boʻlib, eng zamonaviy teleradio uskunalari bilan taʼminlangan. MTRKning hududiy telekanallari orasida bu yerda birinchilardan boʻlib efirlarini HD formatda uzatish yoʻlga qoʻyilgan. Aksariyat teleradio dasturlar jonli tarzda efirga uzatib kelinmoqda.

Xuddi shunday, xususiy «Ishonch» teleradikompaniyasidagi sharoitlar, mavjud imkoniyatlari, koʻrsatuv va lavhalarning tayyorlash, efirga uzatish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Ijodiy jamoaning olib borilayotgan islohotlarni yoritishdagi faolligi eʼtirof etildi. AOKA direktori har bir manzilda OAV faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, axborot va yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish borasida taklif-tavsiyalarini berdi.

Ilhom RAHMATOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер