Surxon daryosidan noqonuniy qum qazib olganlar jami 78 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi

12:16 14 Mart 2025 Jamiyat
185 0

Foto: Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi

Surxondaryo viloyatidagi Surxon daryosidan noqonuniy qum qazib olayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida viloyat boʻylab tungi nazorat reyd tadbirlari oʻtkazilgan. Tezkor tadbirlar davomida Jarqoʻrgʻon tumani “Yangi usul” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Surxon” daryosi boʻyida noqonuniy qum qazish holati aniqlangan.

Tungi reyd tadbirida fuqaro B.Y. boshqaruvidagi yuklagich yordamida boshqa fuqarolar A.S. va T.I. boshqaruvidagi “KamAZ” va “Howo” yuk mashinalariga qumni ortib ketayotgani maʼlum boʻlgan.

Tadbir davomida ushbu qonunbuzarlik holati rasmiylashtirilib, barcha shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi (Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish) asosida maʼmuriy choralar koʻrilgan.

Xususan, har bir qoidabuzarga BHMning 30 barobari (11 mln 250 000 ming soʻm) miqdorida jarima belgilanib, tabiatga yetkazilgan 45 mln soʻm zarar hisoblangan. Jami 78 mln 750 ming soʻm miqdorida maʼmuriy chora koʻrilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер