Suriyada jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar qoʻlga olindi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda boʻlgan – 1995-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan 2 nafar fuqaro xorijdan Oʻzbekistonga olib kelindi.
Mazkur fuqarolar xorijiy davlatlarda mavsumiy ishlashi davomida Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan doimiy aloqada boʻlib kelgan va ularning taʼsirida 2021-yilning avgust oyida Suriya Arab Respublikasi hududiga oʻtib, «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring