“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning eski tahrirdagi qonundan asosiy farqlari nimada?

16:34 12 Avgust 2021 Jamiyat
1703 0

Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyalari fuqarolar bilan uchrashib, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun va mohiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbatlari, seminar mashgʻulot darslarini oʻtkazishda davom etishyapti. Bu haqda Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik boʻyicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova xabar qildi.

Shunday uchrashuvlardan biri «Agrobank» ATB Toshkent shahar filialida boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyalari Salima Ishankulova va Baxtiyor Madaminov tomonidan bank xodimlariga “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun yuzasidan tushuntirishlar berildi.

- Mazkur Qonunning qabul qilinishiga Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar asos boʻlganligi, bunda avvalo jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda sudlarga kelib tushgan murojaatlari yuzasidan sarsonchilikka yoʻl qoʻyilmasligi, barcha ariza va shikoyatlar qonun talablari asosida muddatida hal etilishi, sudyalarning qonun oldidagi javobgarligi, huquq va burchlar batafsil yoritib berilganligi xususida batafsil tushuntirishlar berdik, - dedi sudya Baxtiyor Madaminov.

Galdagi mashgʻulot darsi esa Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining 70 nafar tinglovchilari ishtirokida oʻtdi. Mashgʻulot darsini Fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi Dilfuza Opayeva ochib berdi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi yangi Qonunning asosiy prinsiplari, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash mexanizmlari, sud majlislarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritishning xususiyatlari, fuqarolarning sudlar faoliyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning ahamiyatli jihatlariga toʻxtalib oʻtdi.

Soʻng Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Sadoqat Safoyeva soʻz olib, oʻz chiqishida soʻngi yillardagi mamlakatimizda sud-huquq tizimini yana-da takomillashtirish, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kengaytirish, odil sudlov samaradorligini oshirish orqali inson huquqlarini himoya qilish darajasini yangi bosqichga chiqarish maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning eski tahrirdagi qonundan asosiy farqlari va oʻziga xos xususiyatlari haqida toʻxtalib oʻtdi.

- Qonunga asosan sudlarning tuzilmasi, tuman (shahar) tumanlararo, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar, Oliy sud sudlov hayʼatlari, Oliy sud Rayosati va Plenumi vakolatlari doirasi, sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari, sudyalarning huquqiy maqomi, sudyalik lavozimiga nomzodlar va ularga qoʻyiladigan talablar haqida batafsil maʼlumot berdik, - dedi Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Gulnora Mirzaalimova.

Shuningdek, uchrashuvda qatnashganlar tomonidan berilgan savollarga sudyalar javob berishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер