Subsidiya asosida uy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. fuqaro D.U.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali subsidiya asosida koʻp qavatli uylardan xonadon olib berishi evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring