Soʻnggi 24 soat ichida koronavirusdan rekord darajada oʻlim qayd etildi

17:57 13 Noyabr 2020 Dunyo
1157 0

Fotо: Getty Images

Soʻnggi bir kun ichida dunyo boʻyicha koronavirus infeksiyasi asoratlaridan 11,6 mingdan ortiq bemor hayotdan koʻz yumgan. Bu pandemiya boshlanganidan beri rekord koʻrsatkich hisoblanadi. 

Ushbu maʼlumot AQSHning Jons Xopkins universiteti tomonidan taqdim etildi. Shu tariqa pandemiya boshlanganidan beri sayyoramizda ushbu yuqumli infeksiya qurbonlarining umumiy soni 1 294 082 kishiga yetdi.

Shu bilan birga soʻnggi 24 soat ichida yana 666 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Bu ham pandemiya boshlangandan beri rekord koʻrsatkich hisoblanadi.

Ayni paytga kelib dunyo boʻyicha koronavirusni yuqtirganlar soni 52,5 million nafardan oshdi. Shundan 34 milliondan ortigʻi kasallikdan forigʻ boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер