“SOCAR” kompaniyasi bilan sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi boʻyicha tajriba almashildi

17:40 09 Avgust 2023 Jamiyat
336 0

Joriy yil 31-iyul-5-avgust kunlari Ozarbayjonning “SOCAR” davlat neft kompaniyasining sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan navbatdagi bir guruh xodimlari “Oʻzbekneftgaz” AJga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif “Oʻzbekneftgaz” AJ va “SOCAR” kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha imzolangan “Yoʻl xaritasi”ga asosan amalga oshirildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyati hamda “SOCAR” kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan muloqotda Kompaniyalar oʻrtasida sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligining tashkiliy tuzilmasi, xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, xavf va risklar bilan ishlash, ISO 45001, 14001 standartlarini joriy etish, korporativ xavfsizlik maktabini tashkil etish, oʻqitish, korxonalarda audit (monitoring) oʻtkazish hamda tajriba almashish boʻyicha fikr almashildi.

Uchrashuvda kompaniyalar oʻrtasida imzolangan “Yoʻl xaritasi” ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʻkidlandi.

Shuningdek, Ozarbayjon kompaniyasi xodimlari Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” MCHJ va “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJda ham boʻlishdi.

Uchrashuvlarda mutaxassislar korxonalarda yongʻin xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarish sikli, gazdan qutqaruv ishlarini tashkil etish, tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Taʻkidlash joizki, hamkorlik doirasida joriy yil boshidan buyon “SOCAR” kompaniyasi xodimlaridan iborat 2-guruh “Oʻzbekneftgaz” AJ korxonalariga tashrif buyurdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер