Sirdaryolik 200 nafar xotin-qiz “Xonobod” sihatgohida dam olib, davolanadilar

12:29 19 May 2020 Jamiyat
935 0

Andijon viloyatilik bir guruh bunyodkorlar ayni paytda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi qurilish ishlarida ishtirok etmoqdalar. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov “Navbahor” MFYda istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashar ekan, ularga qulay sharoit yaratish har bir oʻzbekistonlikning burchi ekanligini aytib oʻtdi.

Koʻngilli hasharchilar ushbu hududda bir oy muddat ichida yangi turarjoy majmuasini barpo etadilar. Bu paytda navbahorlik 200 nafar xotin-qizlar Andijon viloyatining eng xushmanzara va tabiati soʻlim goʻshasi boʻlmish “Xonobod” sihatgohida dam olib, davolanadilar.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер