Sirdaryodagi klinikada 2,1 mlrd soʻmlik elektr talon-toroj qilindi

13:02 08 Aprel 2025 Jamiyat
197 0

Foto: Bosh prokuratura

Sirdaryo viloyatida tibbiyot klinikasi koʻp miqdordagi elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Guliston shahrida joylashgan “S.J.” MCHJga qarashli klinikaning elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatilishi oqibatida 2,1 milliard soʻmlik zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bosh prokuratura reyd tadbirlari davom etayotganini aytib, tadbirkorlardan energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishlarini soʻradi.

“Energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер