Sirdaryoda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan yetti million dollar “choʻntakka urildi”

00:56 22 Dekabr 2021 Jamiyat
1208 0

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Xovos tumanida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablagʻlar talon-toroj qilinganini maʼlum qildi. Bu haqda “Kun.uz” nashri xabar berdi.

Unga koʻra, OTB mintaqada suv taʼminotini rivojlantirish uchun mablagʻ ajratgan. Biroq mutasaddilar sifatsiz quvur va standart talablarga javob bermaydigan quduqlarni oʻrnatib, 7 million dollarni oʻzlashtirgan.

Bu mablagʻ 126 ming aholini suv bilan taʼminlashga xizmat qiladi, — deya xulosa qildi hokim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер