Sirdaryoda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanganlar qoʻlga tushdi

16:27 11 Mart 2026 Jamiyat
348 0

Sirdaryo viloyatida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro S.Yo. fuqaro D.N.ga Telegram messenjeri orqali tashlab bergan geolokatsiya boʻyicha koʻrsatilgan manzilda yerga koʻmib qoʻyilgan giyohvandlik vositasini 1,5 mln soʻmga sotgani fosh qilingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqarolar S.Yo. va M.Sh. fuqaro D.N.ga yana 8 mln soʻm bersa “marixuana” giyohvandlik vositasini keltirib berishlarini aytib, 34,27 gramm giyohvandlik vositasini 8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер