Sirdaryoda daraxt kesgan fuqaro jazolandi

12:56 08 Sentyabr 2023 Jamiyat
431 0

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Xovos tumani boʻlimi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida “Xovosobod” SIU hududida yashovchi fuqaro A.Q. tomonidan koʻcha chetida qurigan bir tup tol daraxti hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. A. Q. 1 million 650 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер