Sirdaryoda birinchi xususiy tibbiy texnikum ish boshladi

14:23 22 May 2024 Jamiyat
635 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Ahmadali Shernazarov/«Xalq soʻzi». Guliston shahrida sogʻliqni saqlash yoʻnalishida taʼlim beradigan ilk xususiy tibbiyot texnikumi ochildi.

Texnikum binosidagi 18 ta xona zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Shuningdek, maxsus mulyaj xonalar tashkil etildi. Ayni vaqtda yangi taʼlim dargohida 150 nafar talaba hamshiralik, feldsherlik ishi yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan boʻlsa, kelgusida ular soni yana 80 nafarga koʻpaytiriladi.

Oʻquv davri 2 va 3-yillik boʻlib, texnikumni bitirgan yoshlarga diplom bilan birga, logoped, bolalar massajchisi va kompyuter savodxonligi boʻyicha 3 ta sertifikat ham beriladi. Bu esa ularga Rossiya, Germaniya, Angliya va Yaponiya davlatlarida ishlash imkoniyati va huquqini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер