Sirdaryoda bayram tantanasi hazrat Navoiyni yod olishdan boshlandi
Foto: Xalq so‘zi
Guliston shahrida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan qutlugʻ sanaga bagʻishlangan tadbirlar “Bilimdonlar maskani”dagi Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyib, ona tilimiz mavqeyini ulugʻlab. Yuksaklarga olib chiqqan buyuk shoirimiz xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatishdan boshlandi.

21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlagan bayram tadbirlari viloyatning barcha hududlari, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida boʻlib oʻtmoqda.
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan bayram tantanasida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev keyingi yillarda davlat tili rivoji boʻyicha olib borilayotgan samarali ishlarni taʼkidlab, ona tilimizning uzoq tarixga egaligini ming yil oldin yozilgan asarlar misolida eʼtirof etdi. Taʼkidlandiki, oʻz ona tilimizning borligi biz uchun har kuni bayram, deganidir.
Eʼtiborlisi, bayram tantanasida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari boshlovchilik qildi. Maktab jamoasining har bir chiqishi barchada chuqur taassurot qoldirdi.
21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuniga bagʻishlagan bayram tadbirlari viloyatning barcha hududlari, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida boʻlib oʻtmoqda.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring