Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

13:28 15 May 2024 Jamiyat
405 0

Xudjamov Bobur Alisher oʻgʻli Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Xudjamov 1991-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2013-yilda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va 2015-yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер