“Sirdaryo IES”da quyosh fotoelektr stansiyasini bunyod etish ishlari boshlandi

00:41 18 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
904 0

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Sirdaryo IES” korxonasida quvvati 1200-1500 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boʻyicha dastlabki ishlar boshlandi. Mazkur stansiya ishga tushirilgach, yiliga 3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda 900 ming kubmetr tabiiy gaz tejaladi.

Ikki gektar maydonni egallaydigan hamda quvvati 1200-1500 kVt boʻlgan mazkur quyosh stansiyasini tayyor holda qurib, ishga tushirish (“pod klyuch”) maqsadida “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ bilan shartnoma tuzilgan boʻlib, unga koʻra, qurilish uchun ajratilgan yer maydonini tayyorlash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarish koʻzda tutilgan.

Hozirgi kunda bir guruh mutaxassislar tomonidan yer maydonini oʻrganish hamda obyektni loyihalash ishlari boshlab yuborildi.

Joriy yilning oktyabr oyi boshida “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ tomonidan quyosh panellari metal konstruksiyalari oʻrnatish uchun olib kelindi.

— Ushbu ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad tizimda energiya samaradorlikka erishish, yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish orqali mahsulot tannarxini yanada pasaytirishga erishishdir, — deydi “Sirdaryo IES” Texnik ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Gʻulom Xolnazarov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер