“Sino”ning faoliyat yoʻnalishi saqlab qolinadi

17:39 07 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
1277 0

Foto: "Xalq so'zi"

Samarqanddagi “Sino” AJ bankrotlikka uchragan. Uning zimmasidagi qarzdorligi 72 milliard soʻm ekanligi aytilmoqda.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasidan maʼlum qilishicha, ayni paytda ushbu korxonani qayta oyoqqa turgʻazish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Yaʼni uning davlat aksiyalari paketini investorlarga “nol” xarid qiymatida berish uchun chet ellik hamkorlar oʻrganilmoqda.

Hozirgi paytda toʻrtta chet kompaniyasi “Sino”ga mablagʻ tikish xohishini bildirmoqda. Ulardan bittasi tanlovda gʻolib boʻlib, tez orada ish boshlashi kutilyapti.

Investorga korxona qarzini toʻlab berish, faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish talabi qoʻyilmoqda.

Said RAHMONOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер