Sinxron suzish: musobaqada sportchilarimiz shohsupaga koʻtarildi
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida sinxron suzish boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazilmoqda.
Eʼtiborlisi, musobaqaning navbatdagi kunida ham sportchilarimiz shohsupaga koʻtarilishdi.
Xususan, Rayxona Ergasheva, Yuliya Limanova, Jasmina Qodirova, Sabina Mahmudova, Ruxsoraxon Saidaliyeva, Elizaveta Afanaseva, Samira Agzamova hamda Safina Joʻrayeva yoshlar oʻrtasida jamoaviy dasturda kumush medal sovrindori boʻlishdi.
Bundan tashqari, kattalar oʻrtasidagi yakkalik bellashuvlarida Diana Onkes ham kumush medalni qoʻlga kiritdi. Anna Vashenko esa bronza medali sohibiga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring