Si Szinpin Mao Szedun va Den Syaopinga tenglashtirildi — OAV

00:43 12 Noyabr 2021 Dunyo
1709 0

Foto: AP

Xitoy yetakchisi Si Szinpin soʻnggi 40 yildagi birinchi tarixiy rezolyutsiyani taqdim etdi. Bu rezolyutsiya uning Xitoy tarixidagi rolini mustahkamlash va oʻtmishda mamlakatni boshqargan siyosatchilar – Mao Szedun va Den Syaopin bilan tenglashtirishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, tegishli hujjat 11-noyabr, payshanba kuni boʻlib oʻtgan Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining 19-chaqiriq oltinchi plenumida qabul qilingan. Unda partiya faoliyat koʻrsatgan davrdagi faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, kelgusida qanday yoʻnalishlarda ish olib borishi haqida ham maʼlumot berilgan. Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, “tarixiy rezolyutsiya”ni qabul qilishdan asosiy maqsad Si Szinpinning XKP XX qurultoyi arafasida obroʻ-eʼtiborini kuchaytirishga qaratilgan.

“The New York Times” gazetasining yozishicha, mamlakat siyosiy elitasi ishtirokidagi uchrashuv yakunlariga koʻra, Si Szinpin boshchiligida mamlakat tarixiy oʻzgarishlarni boshidan kechirgan va farovonlikka erisha olgani maʼlum qilingan. Xususan, XXRning amaldagi rahbarining iqtisodiyot, tashqi siyosat, ekologiya, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlari qayd etildi. Shu bilan birga, Si Szinpin 1945 va 1981-yillarda shunga oʻxshash tarixiy rezolyutsiyalar chiqargan Xitoy rahbarlari — Mao Szedun va Den Syaopin bilan tenglashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер