Shoʻrtan neft-gaz konlaridan Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi hamda “Uzbekistan GTL” zavodiga 33 kilometr qoʻshimcha quvur tortildi
Foto: Xalq so‘zi
Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida uglevodorodlar zaxiralarini koʻpaytirish, qurilmalar quvvatini oshirish boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalar doirasida Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi hamda “Uzbekistan GTL“ zavodi uchun Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bosh inshootidan qoʻshimcha 33 kilometr masofani tashkil etuvchi gaz quvuri tortildi. Buning ahamiyati shundaki, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasida taʼmirlash ishlari olib borilayotgan paytda ham ”Uzbekistan GTL” zavodiga kerakli tarkibdagi gazni uzatishda barqarorlik taʼminlanadi.

Loyihaning sinov jarayonlari oʻz nihoyasiga yetib, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda «Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi mutaxassislari nazoratida tozalangan va quritilgan gazning ilk oqimi yangi tortilgan quvurdan ”Uzbekistan GTL" zavodiga yetkazib berildi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring