Shogirdlar safi kengayadi

18:57 10 Noyabr 2020 Siyosat
910 0

2020-yil 10-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Majlisda qonun loyihasini qabul qilish zaruratiga toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilganidek, mamlakatimizda hunarmandchilik sohasini rivojlantirish va ushbu faoliyatni amalga oshirishni yana-da soddalashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Shu yil oʻrtalarida pandemiya tufayli joriy etilgan karantin davrida bu borada ayrim muammolar borligi koʻzga tashlandi. Avvalgi Qonunda “hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash uchun koʻpi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq toʻlagan holda jalb etishga haqlidir” degan cheklov bor edi. Endilikda ana shu cheklov olib tashlanmoqda. Bu taklif, avvalo, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan edi.

Deputatlar ishlab chiqilgan loyiha ushbu maqsadga xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtdilar. Ularning qayd etishicha, mazkur hujjatning qabul qilinishi barcha hunarmandlarga shogirdlar soni boʻyicha cheklovlarni bekor qiladi. Bu esa hunarmandlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, eng muhimi, aholining ishsiz qatlami, yaʼni yoshlar, ayollar va maktab bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashga imkon beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер