Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti bilan hamkorlik oʻrnatiladi
Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiya universitetiga (North China University of Technology) tashrif buyurdi.
Mazkur universitet bevosita shahar transport tizimini modellashtirish va transport tizimini kompleks rejalashtirish sohasida ilmiy faoliyat olib boradi.
Tashrif davomida M.Omarov universitet faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning sohadagi ilgʻor tajribalarini oʻrganish yoʻnalishida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari yuzasidan muzokara oʻtkazdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring