Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi. Fotoreportaj

13:19 25 Mart 2024 Siyosat
1044 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Davlatimiz rahbari dastlab Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasini borib koʻrdi. U yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Gavhar grup” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Turkiya, Italiya, AQSH va Germaniyadan zamonaviy uskunalar keltirilib, 2022-yilda ishga tushirilgan. Bugungi kunda korxonada 10 ming xil dizayndagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan. Chet ellar bilan hamkorlikda qoʻl soatlarining tilla korpusini tayyorlash yoʻlga quyilgan. 2023-yilda 270 kilogramm mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, bu yerda 3D modellashtirish orqali buyurtma asosida istalgan koʻrinishdagi buyumlarni ishlab chiqarish mumkin. Yana bir muhim tomoni, korxonada mahalliy zargarlar bilan kooperatsiya yoʻlga qoʻyilgan. Natijada yashirin ishlaganlar “soya”dan chiqdi, ish oʻrinlari koʻpaydi. Korxonada 100 dan ortiq kishining bandligi taʼminlangan. Shu yerning oʻzida yoshlarga hunar ham oʻrgatiladi.

Prezident tashrifini yoritishda ishtirok etayotgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер