“Shakarkent”ning “gul fabrikasi”

15:39 02 Mart 2022 Jamiyat
1001 0

Foto: Халқ сўзи

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Shakarkent” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Abdumajid Hojiyev oʻz hovlisida “gul fabrikasi”ni ishga tushirgan, degan soʻzni eshitib, dastlab taajjublandik. Axir “gul fabrikasi” ham boʻlarkanmi?

Ammo boʻlar ekan. Xonadon sohibi uy sharoitida parvarishlanadigan gullar uchun 6 sotix yerda maxsus issiqxona barpo etgan. Bu yerda qishin – yozin salkam 50 turdagi anvoyi gullar yetishtiriladi. Aksariyati noyob sanaladi.

— Ishni havaskor gulchilikdan boshlaganmiz, — deydi Abdumajid Hojiyev. — Keyin esa bu yumush hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib qoldi. Oila aʼzolarimizdan tashqari uch kishini yordamchi sifatiga ishga jalb etganmiz. Gullarni mehr bilan parvarish qilib kam boʻlayotganimiz yoʻq. Roʻzgʻorimiz but. Shu ish ortidan orzu-niyatlarimizga yetyapmiz. Sizga aytsam, odamlarga gul ulashib, goʻzallikka oshno boʻlib yashashning gashti boʻlakcha...

Darvoqe, yurtimizda bahor nafari ufurgan shu kunlarda “Shakarkent”dagi “gul fabrikasi”dan xaridorlar oyogʻi uzilmayapti.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер