Shahrisabzga sel keldi. Koʻl qishlogʻiga olib boradigan yoʻl 10 soat yopilib qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumanining Koʻl qishlogʻiga olib boruvchi yoʻlning 10 soat yopilib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyat hokimligining maʼlum qilishicha, kecha Shahrisabz tumanining togʻli hududlarida kuchli yomgʻir va doʻl yogʻdi. Natijada toʻplanib qolgan mayda tosh zarrachalarining sel toshqinida oqib kelishi oqibatida togʻli Koʻl qishlogʻiga olib boradigan yoʻlning holatiga zarar yetgan va vaqtincha qatnov toʻxtatilgan.
Qayd etilishicha, vaziyatdan xabar topgan Shahrisabz tumani hokimligi zaruriy texnikalar va yoqilgʻi mahsulotlarini talafot joyiga yuborgan.
Ayni vaqtda vaziyat barqarorlashgan. Yoʻl holati yaxshilanib, avtomobil qatnovi tiklangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring