Sergelidagi dahshatli YTHda “Matiz” haydovchisi halok boʻldi
2020-yilning 4-sentyabr kuni soat 08.20 da Sergeli tumanidagi Obi Hayot va Fayzli koʻchalari kesishmasida “Matiz” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 R 685 KV) haydovchisi 72 yoshli Leliy K. chap tomonga burilish vaqtida kesishma yoʻldan harakatlanib kelayotgan va harakat ustuvorligiga ega boʻlgan 27 yoshli Shukurjon M. boshqaruvidagi “Spark” (davlat raqami 01 R 546 BB) avtomobiliga yoʻl bermaganligi bois toʻqnashuv yuzaga kelgan.
“Matiz” avtomobili inersiya sababli harakatni davom ettirib, yoʻl chetida toʻxtab turgan 39 yoshli Aleksey K. boshqaruvidagi “Cobalt” (davlat raqami 01 F 233 JB) avtomobiliga toʻqnashgan.
YTH natijasida “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi voqea joyida olgan jarohatlar tufayli hayotdan koʻz yumdi.
Mazkur fakt boʻyicha tergov oldi tekshiruvlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring