Sentyabr oyida kuchli magnit boʻronlari kuzatilishi mumkin
Astrofiziklarning ogohlantirishicha, joriy yilning sentyabr oyida magnit boʻronlari ancha kuchayadigan bir nechta davrlarga duch kelamiz. Bular 6-sentyabr hamda 18-19 va 23-25-sentyabr kunlariga toʻgʻri keladi.
Kecha magnit boʻronining 1-kuni kuzatildi. Kimlardadir qon bosimi ortishi yoki uyqu bosishi, holsizlik, kun boʻyi bosh ogʻrib yurishiga oʻxshagan holatlar sodir boʻlgan boʻlishi mumkin.
Bu holat 18-19 va 23-25-sentyabr kunlari yana qaytadan boʻlishi mumkin. Chunki shu kunlari Yerda magnit boʻroni kuzatilishi kutilmoqda.
Magnit boʻronning kuchli taʼsiri esa 22 va 26-sentyabr kunlarida kuzatiladi
Qon bosimi bor odamlarga shu kunlari koʻchada kamroq yurish tavsiya qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring