Senator koronavirus asoratlaridan vafot etdi
AQSH Vakillar palatasi aʼzosi, senator Ron Rayt koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda “The Hill” nashri xabar bermoqda.
“Kongress aʼzosi Ron Rayt 2021-yil 7-fevralda vafot etdi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ron Rayt 67 yoshda boʻlgan. Unga yanvar oyi oxirida koronavirus tashxisi qoʻyilgan. Bu AQSHda kongressmenlar orasida koronaviurs infeksiyasi asoratlari tufayli qayd etilgan birinchi oʻlim holati hisoblanadi. Aniqlik kiritilishicha, senator saraton kasalligi qarshi kurashib ham kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring