Senator boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida ijtimoiy masalalar oʻrganildi

10:09 16 Aprel 2026 Siyosat
229 0

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi aʼzosi, Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Qobuljon Tursunov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar oʻrganildi.

Ishchi guruh ishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hamda tegishli tashkilotlar masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Oʻrganishlar doirasida Navbahor tumanidagi “Uchtut” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 105 ta xonadonda tomorqa yerlarini sugʻorish bilan bogʻliq muammolar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Shuningdek, “Qorovultepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Navoiy viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohida bolalarni sogʻlomlashtirish jarayonlari oʻrganildi. Xususan, bolalarning jismoniy mashgʻulotlar bilan muntazam shugʻullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, ularning reabilitatsiyasi va jismoniy rivojlanishiga qaratilgan infratuzilma holati tahlil etildi.

Bundan tashqari, “Paxtakor” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilaning yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻrganishlar yakuni boʻyicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер