Senatning qirq toʻrtinchi yalpi majlisi 24-avgust kuni chaqiriladi

20:49 22 Avgust 2023 Siyosat
836 0

Joriy yilning 22-avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Majlisda Senatning qirq toʻrtinchi yalpi majlisini 2023-yilning 24-avgust kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

“Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida«gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida«gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sogʻliqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan  oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida«gi hamda “Yer qaʼri toʻgʻrisida«gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini oʻrganish natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер