Senatda BMT Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 19-mart kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Andrey Xanjin bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining 2026-yildagi faoliyati, shuningdek, “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” kun tartibi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi.
Suhbat chogʻida gender tenglikni taʼminlash, ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda xotin-qizlarning rolini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring