Senat rahbariyati va xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirokida pandemiyaning Markaziy Osiyoga taʼsiri muhokama qilinadi

12:23 14 Sentyabr 2020 Siyosat
747 0

2020-yilning 16-17-sentyabr kunlari soat 10:00 da «Pandemiyaning Markaziy Osiyoga taʼsiri: ilk saboqlar, koronainqiroz va oʻzgarish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy videokonferensiya boʻlib oʻtadi.

Anjuman “Zoom” platformasi orqali oʻtkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola:https://undp.zoom.us/webinar/register/WN_kZCTw8twQQ6CvuSGOE4nyA..

Xalqaro tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Senat Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, bir qator xalqaro tashkilotlar, akademik doiralar vakillari, taniqli davlat va jamoat arboblari, ekspertlar ishtirok etadi.

Konferensiyada pandemiyadan kelib chiqadigan xulosalar, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish, bu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash vazifalarini muhokama etish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер