“Sayoq yursang, tayoq yeysan”...
2021-yilning 17-mart kuni soat 04:00 dan 05:00ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Yashnobod tumani Oltintepa koʻchasida 18 yoshli Samandar A., Baxtiyor Yo., Igor L., Farhod Q., Shoxrux S.,lar shahvoniy maqsadlarda ikki nafar nomaʼlum ayollar bilan tanishib, ularga oldindan 600 000 soʻm pul va oʻzlariga tegishli boʻlgan narxi 5 200000 soʻmlik “iPhone Xs”, 600 000 soʻmlik “RedMi-5», 4 000000 soʻmlik “iPhone 8+”, 700 000 soʻmlik “iPhone 6», 1 500000 soʻmlik “iPhone 7» rusumli uyali telefon apparatlarini garov evaziga bergan vaqtlarida “Cobalt” rusumli avtomashinaga oʻtirib, hodisa joyidan qochib ketganlar.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 27 yoshli Yulduz B., 26 yoshli Muhayyo S., va Jamshid A.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanganlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Yulduz B., Muhayyo S., va Jamshid A.,larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring