Sariosiyo tumanida Ramazon munosabati bilan iftorlik tadbiri tashkil etildi

11:41 04 Mart 2026 Jamiyat
278 0

Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatida ham koʻplab xayrli va savobli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, insonparvarlik, ezgulik, shukronalik va mehr-oqibat kabi milliy anʼana va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda keng targʻib qilish maqsadida turli iftorlik va xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.

Sariosiyo tumanida oʻtkazilgan iftorlik tadbiri ham ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi boʻldi. Tadbirda viloyat hokimligi mutasaddilari, nuroniylar, jamoatchilik faollari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar barchani muborak Ramazon oyi bilan qutlab, joylarda “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” gʻoyasi asosida tashkil etilayotgan tadbirlar insonlar oʻrtasida mehr-oqibat va muruvvat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladilar.

Iftorlik tadbirida ishtirok etgan nuroniy otaxonlar qoʻllarini duoga ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi uchun ezgu tilaklar bildirdilar.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер