Samoda samolyotlar toʻqnashib ketdi

Kanada samosida ikkita samolyot toʻqnashib ketdi. Ularning biri Makgi tumani yaqinidagi yoʻl boʻyiga qulab tushgan. Ikkinchisi Ottava xalqaro aeroportiga yetib borib, muvaffaqiyatli qoʻnishning uddasidan chiqqan, deb xabar berdi CBS telekanali.
Xabarlarga koʻra, hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlgan. Makgi yoʻli yopilgan va haydovchilarga vaqtincha boshqa yoʻldan yurish tavsiya etilgan. Halokat sababi maʼlum emas.
Voqea joyida favqulodda xizmat va politsiya xodimlari ish olib boryapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring