SamDUning iqtidorli talabalariga imtiyozli diplomlar topshirildi
Samarqand davlat universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xabar berdi.
Universitetning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev bitiruvchi kurs talabalariga diplomlar topshirar ekan, faxrli bitiruvchilari ekanligini alohida taʼkidlab, yigit-qizlarga muvaffaqiyat tiladi.
— Men SamDU matematika fakultetini tamomladim, — deydi bitiruvchi Bobomurod Abdurahmonov. — Samarqand davlat universitetida oʻqiganimdan faxrlanaman. Oʻqish davomida bir qator yutuqlarga erishdim. Ulugʻbek nomli davlat va matematiklar uchun moʻljallangan akademik Sarimsoqov nomidagi stipendiya sohibi boʻldim. Matematika fani boʻyicha xalqaro olimpiadada kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdim. Chet tilini bilish boʻyicha xalqaro IELTS 6.5 (B2) sertifikatiga egaman. 20 ga yaqin maqolam xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida nashr etildi. Muddatidan oldin AQSH ning Kent davlat universiteti magistraturasiga grant asosida tavsiya etildim. Mazkur oliy taʼlim muassasasi matematika yoʻnalishi boʻyicha Top-133 oʻrinni egallagan. Ushbu yutuqlarimga erishishimda SamDU olimlarining hissasi katta. Ayniqsa, ilmiy rahbarim dotsent Gʻofurjon Hasanovga minnatdorlik bildiraman.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring